DHTML yordamida Web-sahifa

dhtmlGipermatnli ma’lumotlar tizimi ma’lumotlar bo’g’inlari to’plamlari, shu bo’g’inlarda aniqlangan gipermatnli aloqalar to’plamlari va bo’g’inlar va aloqalarni boshqarish instrumentlaridan tashkil topgan. World Wide Web texnologiyasi bu – gipermatnli taqsimlangan sistemalarni Internetga kiritish texnologiyasi va shundan kelib chiqib, u bunday tizimlarning umumiy ta’rifiga mos kelishi kerak. Bu shuni bildiradiki, gipermatnli tizimlarning yuqorida keltirilgan barcha komponentalari Web da ham bo’lishi kerak.

Webga, gipermatnli tizim sifatida, ikki xil nuqtai nazardan qarash mumkin. Birinchidan, o’zaro gipermatnli o’tishlar (ANCHOR konteyneri) vositasida bog’langan tasvirlanishi kerak bo’lgan sahifalar t’plami sifatida. Ikkinchidan, tasvirlanayotgan sahifalar (matn, grafika, uyali kod va hokazolar) ni tashkli qiluvchi elementar ma’lumot ob’ektlarining to’plami sifatida. So’nggi holatda sahifaning gipermatnli o’tishlar to’plami – bu matnga ichki qo’yilgan rasm kabi ma’lumot bo’lagi.

Ikkinchi yondashuvda gipermatnli tizim elementar ma’lumot ob’ektlari to’plami uchun gipermatnli aloqalar rolini o’ynovchi HTML-sahifalarning o’zi tomonidan aniqlanadi. Bu yondashuv tayyor komponentalardan tasvirlanayotgan sahifalarni qurish nuqtai- nazaridan ancha serhosilroqdir.

YUKLAB OLISH